O‘zbekiston umumta’lim maktablarida bahorgi ta’til 18 dan 25 martgacha davom etadi, deya xabar qildi Xalq ta’limi vazirligi «Gazeta.uz"ga. To‘rtinchi chorak 26 martdan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonliklar navro‘z bayramida ketma-ket besh kun dam oladi: 18 mart — kalendar bo‘yicha dam olish kuni, 19 mart — 17 martdan ko‘chirilgan dam olish kuni, 20 mart — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun, 21 mart — ishlanmaydigan bayram kuni va 22 mart — 24 martdan ko‘chirilgan dam olish kuni.