Yorqin Ergashevich Tursunov O‘zbekiston hukumati qarori bilan Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi vazirlik «Gazeta.uz"ga.

U jamg‘armani 2015−2017 yillarda boshqarib, so‘ngra Moliya vazirligi Davlat byudjeti bosh boshqarmasi rahbari etib tayinlangan Dilshod Sultonov bilan o‘rin almashdi.

Vyacheslav Pak.

Unga qadar Yorqin Tursunov moliya vaziri o‘rinbosari (2016−2018), avvalroq esa ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari — moliya va ijtimoiy ta’minot xizmati boshlig‘i (2012−2016) bo‘lgan. Mazkur lavozimga u Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining sobiq birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Yurevich Pak tayinlandi.