Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor Urugvay jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi, deya xabar qildi Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati. Ushbu uchrashuv «oq bo‘rilar"ning jahon chempionlari bilan ham ilk o‘yini hisoblanadi.

Uchrashuv 7 iyun kuni Urugvay poytaxti Montevideoda bo‘lib o‘tadi. Urugvay 2018 yilgi jahon chempionatida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Misr bilan «A» guruhidan joy olgan.

Avvalroq milliy termalar faqatgina yoshlar jamoalari darajasida uchrashgan.

O‘zbekiston, shuningdek 23 mart kuni Senegalga, 15 may kuni Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.