Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi «Musurmon ota» fermer xo‘jaligi raisi Subiniso Boymatova Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Prezident sovg‘asi — Nexia avtomobili bilan taqdirlandi, deya xabar qildi O‘zA.

Asl kasbi pedagog bo‘lgan Subiniso Boymatova ko‘p yillar davomida tarix va huquq fani o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. 1998 yilda farzandlari bilan birgalikda paxta va bug‘doy yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligini tashkil etadi. Bugungi kunda u rahbarlik qilayotgan xo‘jalikning maydoni 93 ga ni tashkil etadi.