Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashitjon Qodirovning o‘g‘li Alisherbek Qodirovni qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatiga kiritilganini ma’lum qildi.
IVV ma’lumotlariga ko‘ra, Alisherbek Qodirovga (1979 yilda tug‘ilgan) nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan:
165-modda 2-qism «a» bandi — tovlamachilik: takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
165-modda 3-qism «a» bandi — tovlamachilik juda ko‘p miqdorda;
168-modda 4-qism «a» bandi — firibgarlik juda ko‘p miqdorda.
24 fevral kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-(tovlamachilik), 205-(hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) moddalari bo‘yicha qo‘lga olingani haqida e’lon qilgan edi.