O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev An-26 harbiy-transport samolyoti qulashi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yo‘lladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati. Davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.