5 mart kuni 10:50 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Olke posyolkasi hududida «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 778-kilometrida Sankt-Peterburgdan Toshkentga harakatlanib kelayotgan Opel Astra (raqami 505 198 RUS) yengil avtomobilining «KAMAZ» rusumli (D 432 ADA 04) yuk mashinasiga to‘qnashib ketishi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Halok bo‘lganlar: Isoqov Zohidjon Mansurovich (1978 yilda tug‘ilgan, haydovchi) va Yuldashev Qodirjon Komilovich (1975 yilda tug‘ilgan, yo‘lovchi). Har ikkisi Andijon viloyati Asaka tumani «O‘zbekiston» QFY Do‘rmon ko‘chasida istiqomat qilgan. Ularning jasadlari Aqto‘bega yetkazilgan.

FVV O‘zbekiston TIV, IIV va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi bilan aloqada halok bo‘lganlarning jasadlarini vatanga qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda.

O‘zbekiston FVVning tezkor aloqa raqamlari: (+99871) 147−10−50.