4 mart kuni 17:00 da Toshkent Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga «Qashqadaryo milliy taomlari» kafesi yaqinida erkak kishi Salor kanalida cho‘kayotgani haqidagi xabar kelib tushdi.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan g‘avvoslar cho‘kayotgan erkakni qutqarib qolishdi. Sun’iy nafas bergan qutqaruvchilar uning yurak faoliyatini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

Keyingi shifokor yordamini ko‘rsatish uchun erkak Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizildi, deya xabar qildi O‘zbekiston FVV matbuot xizmati.