Meksikalik rejissyor Gilermo del Toroning «Suv shakli» filmi AQSH kinoakademiyasining «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritdi. U «Eng yaxshi film» nominatsiyasini qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi RIA Novosti.

«Eng yaxshi film» nominatsiyasida «Oskar» mukofoti uchun «Nari tur», «Ledi Byord», «Xayoliy ip», «Qora vaqtlar», «Suv shakli», «Ebbing chegarasidagi uch bilbord, Missuri shtati», «Meni o‘z isim bilan chaqir», «Dyunkerk» va «Maxfiy dose» filmlari g‘oliblikka da’vogarlik qildi.

«Suv shakli» — nogiron ayol va Amerikaning maxfiy laboratoriyasida parvarish qilingan mahluq-amfibiya muhabbati tarixi. U 13 ta nominatsiya bo‘yicha taqdim etilib, bu borada yaqqol yetakchi bo‘ldi. Film eng yaxshi dizayn va eng yaxshi sauntrek nominatsiyalarida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Gilermo del Toro eng yaxshi rejissyor mukofotini qo‘lga kiritdi.

«Ebbing chegarasidagi uch bilbord, Missuri shtati» filmida o‘ynagan Frensis MakDormang eng yaxshi aktrisa, «Qora vaqtlar» filmida rol ijro etgan Geri Oldman esa eng yaxshi aktyor bo‘ldi. «Ebbing chegarasidagi uch bilbord, Missuri shtati» filmidagi roli uchun Sem Rokuell ikkinchi plandagi aktyor deb tan olindi. Ikkinchi plandagi aktrisa nomiga esa «Tonya hammaga qarshi» filmidagi roli uchun Ellison Jenniga nasib etdi.

Boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar:

Eng yaxshi operator — Rojer Dikins («Tig‘ bo‘ylab yuguruvchi 2049»)

Eng yaxshi montaj — Li Smit, «Dyunkerk»

Eng yaxshi hujjatli film — «Ikar», Brayan Fogel

Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Jannat, bu — 405- shossedagi tirbandlik», Frenk Stifel

Eng yaxshi qisqa metrajli o‘yin filmi — «Gung bola», Kris Overton, Reychel Shenton

Eng yaxshi qisqa metrajli animatsion film — «Azizim basketbol»

Eng yaxshi animatsion film — «Koko siri»

Xorijiy tildagi eng yaxshi film — «Fantastik ayol» (Chili), Sebastyan Leleo

Eng yaxgi vizual effektlar — «Tig‘ bo‘ylab yugurayotgan 2049»

Eng yaxshi grim va soch turmaklari — «Qora vaqtlar»

Eng yaxshi kostyumlar — Mark Brijes («Xayoliy ip»)

Eng yaxshi ovoz montaji — Aleks Gibson («Dyunkerk»)

Eng yaxshi ovoz — «Dyunkerk»

Eng yaxshi qo‘shiq — Remember me («Koko siri»)