O‘zbekistonda «Innovatsion faoliyat to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilish rejalashtirilmoqda. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tayyorlangan qonun loyihasi 1 mart kuni xalq muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Loyihaga ko‘ra, qonundan ko‘zlangan maqsad innovatsion faoliyat sub’ektlari, davlat hokimiyati organlari va innovatsion mahsulotlari iste’molchilari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Hujjat loyihasi innovatsion faoliyat sohasida davlat siyosatini qayd etadi. Uning asosiy maqsadi innovatsion faoliyat uchun qulay sharoitlarni yaratish, jumladan mamlakatning ilmiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish maqsadida ilmiy-texnik ishlar natijalarini joriy etishdan iborat.

Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, jamiyatning intellektual resurslaridan samarali foydalangan holda aholining sifatli turmush kechirishini ta’minlash; milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi huquqiy boshqaruvni ta’minlash, innovatsion faoliyat sohasida milliy va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, innovatsion faoliyatini amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, jumladan ushbu sohaga investitsiyalarni jalb qilish va boshqalar — innovatsiyalar sohasida olib boriladigan siyosatning asosiy vazifalari hisoblanadi.

Qonun rasman e’lon qilinishi rejalashtirilgan 20 dekabrdan kundan kuchga kiradi. Loyiha muhokamasi 20 martga qadar davom etadi.