Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi Facebook ijtimoiy tarmog‘ini monitoring qilish va unda e’lon qilingan ma’lumotlarga munosabat bildirish amaliyotini boshladi, deya xabar qilindi IIBBdan «Gazeta.uz"ga.

Ishlar IIBB matbuot xizmatining yaqinda ochilgan rasmiy sahifasi, shuningdek turli guruhlarda olib borilib, mahkama izohlar, javoblar va tushuntirishlar berib boradi.

IIBB matbuot xizmati javoblariga namuna.

Bugungi kunda qadar IIBB Facebook`da e’lon qilingan ma’lumotlar asosida, jumladan to‘y korteji ma’muriy javobgarlikka tortildi, mashina g‘ildiraklari ostiga o‘zini tashlovchi firibgarlar to‘g‘risidagi murojaatga munosabat bildirildi. Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIBB matbuot xizmati svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketgan Matiz haydovchisi haqida IIBB Yo‘l harakati xavfsizligiga ma’lumot berilgani xabar qilindi.

«Biz yaqinda ijtimoiy tarmoqlarni monitoringini yuritib, bizning faoliyatimizga taalluqli materiallarga munosabat bildirishni boshladik», — dedi IIBB vakili «Gazeta.uz"ga.

5 mart kuni IIBB sayti test rejimida ish boshladi. Tez orada uning fuqarolar yo‘l harakati qoidabuzarliklari haqida xabar qilishlari uchun «Mobil reportyor» bo‘limi ish boshlaydi.