4 mart kuni 11:45da 1 mart kuni Qozog‘istondagi avariyada halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadi ular yashagan Xorazm viloyatiga yetkazildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. Ayni paytda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, YTH Qozog‘istonning Mang‘istau tumani hududida «Aqtau-Beyneu» avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan edi. Lada Largus avtomobilining Shacman yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi natijasida yengi avtomobil yonib ketgan, haydovchi va barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.