O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi «Fan to‘g‘risida"gi qonun loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Mazkur hujjatning maqsadi — mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal etish va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlash uchun fan va fan-texnik faoliyatni tartibga solishdan iborat. Muhokama 20 martgacha davom etadi.

Unda davlatning ilm-fan sohasidagi faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining asoslari quyidagicha keltirilgan: «milliy ilm-fanni rivojlantirishga ko‘maklashish, fan va texnikaning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ulushini oshirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni soddalashtirish.

Hujjatda fan va fan-texnik faoliyat sub’ekti va ob’ekti, olimlarning huquqiy maqomi, fan va fan-texnik faoliyat sub’ekt va ob’ektlarini ijtimoiy ta’minlash belgilab olingan.

«Fan to‘g‘risida"gi qonun loyihasi