1 mart kuni 6:00 da Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati Mang‘istau tumani Shetpe qishlog‘ida «Aktau-Beyneu» avtomobil yo‘lida Lada Largus (davlat raqami 90 S830JA) avtomobili va Shacman (raqami 737 DPA/12) yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

YTH natijasida avtomobil yonib ketgan. Hodisa joyida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti kishi halok bo‘ldi, ularning oltin nafari O‘zbekiston fuqarolaridir, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasiga tayangan holda. Halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash bo‘yicha tadbirlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston FVV tezkor aloqa raqamlarini ishga tushirdi: (+99871) 147−10−50. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi tezkor aloqa raqami: (+7 777) 218−20−10 i (+7 727) 291−06−44.