5 martda Toshkent Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi saytini ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Unda Yo‘l harakati qoidalari tasvirga olingan foto va videomateriallarni yuborish uchun «Mobil reportyor» bo‘limi ham bo‘ladi.

Payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev birinchi oy davomida bo‘lim sinov rejimida faoliyat ko‘rsatishini ma’lum qildi.

YHXB xodimlari yaqinda to‘y korteji haydovchilari bilan bog‘liq hodisada bo‘lgani kabi multimedia materiallariga munosabat bildirib, ulardan rasmiy dalil sifatida foydalanadi.

Doniyor Toshxo‘jayev buning uchun qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish zarur emasligini ta’kidladi. Materiallarda avtomobil raqami ko‘rinib turishi maqsadga muvofiq. Deya qo‘shimcha qildi u.

Foto va videomateriallarni yuborgan mualliflar shaxsi anonimligi saqlanadi.

Shuningdek, sayt foydalanuvchilari onlayn rejimda YHXB boshlig‘i Barat Mamenovga murojaat yo‘llashlari mumkin.

YXHB o‘zining Telegram-kanali va Facebook ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy sahifasini ham ochadi.