Uzbek Tigers yarim professional boks klubi Jahon boks seriyasi (WSB) VIII mavsumi uchinchi turi doirasida Colombian Heroicos ustidan g‘alaba qozondi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv4:1 hisobida yakuniga yetdi.

O‘zbekistonliklarning birinchi jangi mag‘lubiyat bilan boshlandi, biroq qolgan to‘rtta bellashuvda mezbonlar g‘olib bo‘ldi (video).

Uzbek Tigers 4:1 Colombian Heroicos

  • Xudoynazar Fayzov — Seyber Avila — 0:2 (46/48, 46/48, 47/47);
  • Shunqor Abdurasulov — Duvan Suleta — muddatidan oldin g‘alaba, 4- raund (jangni davom ettirishdan bosh tortish);
  • Mahmud G‘oipov — Aleksandr Rangel — muddatidan oldin g‘alaba, 4- raund (jangni davom ettirishdan bosh tortish);
  • Bektemir Meliqo‘ziyev — Motoa Karabali — 3:0 (49/46, 49/46, 49/46);
  • Bahodir Jalolov — Kristian Salsedo — 3:0 (50/44, 50/44, 50/44).

Uch tur yakunlari bo‘yicha «O‘zbek yo‘lbarslari» «A» guruhida olti ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bilan kubalik bokschilar birinchi o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, kolumbiyaliklar uchinchi (4), venesuelaliklar (4) to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

Uzbek Tigers jamoasining navbatdagi bahslari 23 mart kuni safarda Colombian Heroicos jamoasiga qarshi kechadi.