O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi estoniyalik mutaxassis Igor Chikinyov bilan mehnat shartnomasini imzoladi. U shpagada qilichbozlik bo‘yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi bo‘ldi, deya xabar qilindi federatsiyadan «Gazeta.uz"ga.

Igor Chikinyov — qilichbozlik dunyosida hurmatli murabbiy. Yaqin vaqtga qadar u shpaga bo‘yicha Estoniya termasiga murabbiylik qilgan. Jahon chempionlari, Olimpiya o‘yinlari sovrindorlarini tarbiyalab chiqargan. Shvetsiya terma jamoasi murabbiyi bo‘lgan.

«Bo‘sh quruq va’dalar bermayman, biroq oldimizda 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritish vazifasi turibdi», — dedi Igor Chikinyov.