24 fevral — 1-mart kunlari Toshkent shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

24 fevral kuni Farg‘ona shahrida imzolangan O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasi qo‘shma majlisi Bayonnomasi ijrosi doirasida ishchi guruhlari tomonidan O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasining ayrim uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi shartnoma loyihasiga ilovalar tayyorlandi.

Ushbu hujjat O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga bo‘lajak davlat tashrifi davomida imzolanishi rejalashtirilmoqda.