O‘zbekiston FVV 1 mart kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida sodir bo‘lgan YTHda yonib ketgan Lada Largus avtomobilida bo‘lgani taxmin qilinayotgan fuqarolarning dastlabki ro‘yxatini e’lon qildi.

1. Allayorov Rasulbek Kuziboyevich, 23.02.1981 yilda tug‘ilgan. — yashash joyi: Xorazm viloyati, Shovot tumani Gulchi ko‘chasi 19 uy (haydovchi).

2. Dushamov Zokir Kuranboyevich, 11.04.1977 y.t. — yashash joyi: Xorazm viloyati, «Chukli» QFY, «Tukmangit» MFY, raqamsiz uyda (yo‘lovchi).

3. Rahimov Sherzod Saparboyevich, 12.07.1980 y.t. — yashash joyi: Xorazm viloyati, Shovot tumani, «Guliston» shaharchasi, raqamsiz uyda (yo‘lovchi).

4. Beknazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li, 27.10.1995 y.t. — yashash joyi: Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, «Nayman» QFY, raqamsiz uyda (yo‘lovchi).

5. Madaminov G‘ayrat Rozmatovich, 13.10.1985 y.t.- yashash joyi: Xorazm viloyati, Gurlan tumani, «Gurlan» shaharchasi, Maxtumquli ko‘chasi 34 uy (yo‘lovchi).

6. Baltayev Mahmudjon Saburjon o‘g‘li, 21.09.1995 y.t.- yashash joyi: Xorazm viloyati, Yangiariq tumani, «Ostono» QFY, raqamsiz uyda (yo‘lovchi).

FVV hodisa to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin bo‘lgan tezkor aloqa raqamini ishga tushirdi: (+998 71) 147−10−50.

1 mart kuni 6:00 da Qozog‘istonning Mang‘istau viloyati Mang‘istau tumani Shetpe qishlog‘ida «Aktau-Beyneu» avtomobil yo‘lida Lada Largus (davlat raqami 90 S830JA) avtomobili va Shacman (raqami 737 DPA/12) yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH natijasida avtomobil yonib ketgan, hodisa joyida yetti kishi, jumladan olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.