Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshladi. Uning konsullik okrugiga Rossiya Federatsiyasining Shimoliy-g‘arbiy federal okrugi kiradi.

Bosh konsulxona joylashgan manzili: Rossiya Federatsiyasi, Sankt-Peterburg shahri, 4-Krasnoarmeysk ko‘chasi, 4-A uy.

Telefon: + 7−965−751−20−71; Telegram, Whatsapp, Viber, Imo orqali bog‘lanish uchun telefon raqami: +998−90−994−27−47.

O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgda bosh konsulxona ochish to‘g‘risidagi qarorni o‘tgan yilning iyulida imzolagan edi. Ayni paytda O‘zbekiston Moskvada elchixona va Novosibirskda bosh konsulxonaga ega. TIV Qozon, Rostov-na-Donu, Yekaterinburg va Vladivostokda ham bosh konsulxona ochish masalasini ishlab chiqmoqda.