1 mart, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi arafasida o‘zbek-tojik chegarasida to‘qqizta chegara-o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qaytadan boshladi. Ular «Jartepa» («Sarazm»), «Qushkent» («O‘ra-Tepa»), «Uchqo‘rg‘on» («Havotog‘»), «Havastobod» («Zafarobod»), «Bekabod» («Hashtyak»), «Pop» («Navbunyod»), «Ravot» («Ravot»), «Gulbahor» («Ayvaj») avtomobil o‘tkazish punktlari va «Amuzang» («Hoshadi») temir yo‘li o‘tkazish punktidir.

Punktlarning ochilish marosimlari bayramona muhitda o‘tdi, ularda rasmiy shaxslar hamda qo‘shni respublikada besh kungacha vizasiz bo‘lish imkoniga ega chegaradosh tumanlari aholisi ishtirok etdi. Ikki mamlakat fuqarolari Shavkat Mirziyoyevning Dushanbega tashrifi yakunlari bo‘yicha vizasiz rejim joriy etilishini kutmoqda. Chegaralardan reportajlar O‘zA muxbirlari tomonidan tayyorlandi.

«Jartepa» (Samarqad viloyati) va «Sarazm» (So‘g‘d viloyati)

Foto Alisher Isroilov (O‘zA)


«Havastobod» (Sirdaryo viloyati) i «Zafarobod» (So‘g‘d viloyati)

Foto: Furqat Toshmatov (O‘zA)


«Pop» (Namangan viloyati) va «Navbunyod» (So‘g‘d viloyati)

Foto: Xotam Mamadaliyev (O‘zA)