Gazeta.uz va Zira.uz pazandachilik sahifasi o‘quvchilarga sotuvga qo‘yilgan yangi mahsulotlar to‘g‘risida gapirib beradi.

Danfor — yumshatilgan pishlog‘i

Ishlab chiqaruvchi tomonidan pishloqning 3 xil ta’mli yangi ko‘rinishlari taqdim qilindi: qaymoqli, shokoladli va qo‘ziqorin ta’mli pishloqlar. Danfor yumshatilgan pishloqlari barchasining tarkibi bir xil bo‘lib, ular quyidagilarni o‘zida saqlaydi: pishloq, brinza, tvorog, qaymoq, quruq sut, sariyog‘, tuz. Ta’mi deyarli bir-biridan farq qilmaydi: qo‘ziqorinli pishloqqa qo‘ziqorin qo‘shilgan, shokoladlisi esa kakao kukunini o‘zida saqlaydi.

Alpro soyali suti


Sutga o‘xshab ketuvchi bu mahsulot soya urug‘laridan olinadi. Alpro deb ataluvchi bu soyali mahsulotning rangi va suyuqligi xuddi sutiga o‘xshab ketishi uchun ham uni sut deb atashadi. Aslida soyadan tayyorlanilgan ichimlik — sutli mahsulotlarga allergiyasi bor, laktozani ko‘tara olmaydigan odamlar uchun ajoyib mahsulot. Chunki u bemalol sutning o‘rnini bosa oladi.

Banana Republic nomli quritilgan bananchalar


Yorqin ko‘rinishli, noodatiy va yangi bir mahsulot Banana Republic nomi ostida ishlab chiqarilgan bo‘lib, quritilgan banan bo‘laklari shokoladli glazurga qorishilgan. Bu tabiiy mahsulotning bitta qadog‘i 20 dona banan bo‘lakchalaridan iborat. Uni ko‘cha-kuyda, ishda, uyda va bolalarga maktabda iste’mol qilishlari uchun berib yuborishda juda qulay.


Nestledan Nido sutli ichimligi


Nido sutli ichimligi xushbo‘y vanil ta’mli bo‘lib, sutga nisbatan sal to‘qroq rangda bo‘ladi. Nido o‘rtacha shirinlikda bo‘lib, me’daga tegmaydi. Nestle savdo belgisi nomi ostida ishlab chiqarilgan Nido sutli ichimligi ikki xil hajmdagi qadoqlarda ishlab chiqarilgan: kichik — 200 millilitrli va katta — 1 litrli. Mahsulot sariq rangda bo‘lib, Nido deb yozilgan bu nomning ostida bir necha vitaminlar qayd qilib qo‘yilgan.

Bizning elektron manzil: info@zira.uz
Telegram: t.me/zirauzuz
Instagram: https://www.instagram.com/zirauz/
Facebook: https://www.facebook.com/zirauz/

Zira.uz tahririyati telefon raqami: (+99899) 837−15−15