Afg‘oniston «Tolibon» radikal harakati bilan tinch muzokaralarni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqib, uni siyosiy guruh sifatida tan olishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani chorshanba kuni «Kobul jarayoni» ikkinchi xalqaro anjuman ochilishidagi nutqida ushbu bayonot bilan chiqdi, deya xabar qildi TASS «Tolo nyus» telekanaliga tayangan holda.

«Biz tinch jarayonni boshlashimiz va toliblar bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kirishishimiz kerak, — dedi u. — Biz hech qanday shartlarsiz tinch muzokaralar o‘tkazishni taklif qilamiz». Davlat rahbari afg‘on hukumatining harakat Kobulda o‘z rasmiy vakolatxonasini ochishiga tayyor ekani haqida ham ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Ashraf G‘ani Afg‘oniston vakolatxonasi harakat a’zolari va ularning oilalariga pasportlar va vizalar berish, shuningdek qamoqqa olingan toliblarni ozodlikka chiqarish bo‘yicha ish boshlashini ma’lum qildi.