1 fevraldan boshlab gilos sotib olishga shartnoma tuzishni boshlagan «O‘zbekoziqovqatxolding» kompaniyasi joriy yilda barcha gilos hosilini sotib olishga tayyor.

Har yili gilos hosilining 40 foizga yaqini yo‘qotiladi, deya xabar qildi xolding matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga. Buning oldini olish uchun xolding tarkibiga kiruvchi «O‘zagroeksport» kompaniyasi bilan shartnoma tuzayotgan har bir bog‘ egasidan barcha hosilni sotib oladi.

«Biz siz yetishtirgan barcha hosilni sotib olamiz», — dedi «O‘zbekoziqovqatxolding» boshqaruvi raisi Tohirjon Jalilov.

«O‘zagroeksport» dehqon xo‘jaliklari va yer egalaridan I, II yoki III nav toifasiga to‘g‘ri keluvchi hamda qayta ishlash uchun raqobatga mos kelmaydigan navlarni ham sotib oladi.

Gilos hosili I nav uchun kilogramiga 24 ming so‘m, II nav uchun 16 ming so‘m va III nav uchun 8 ming so‘mdan sotib olinadi. Qayta ishlash uchun esa kilogramiga 3 ming so‘mdan haq to‘lanadi.

«O‘zbekoziqovqatxolding» vakili Umid Ro‘ziyev «Gazeta.uz"ning ichki bozorda gilosga bo‘lgan talabning qondirilishi to‘g‘risidagi savoliga shunday javob qildi: «O‘zbekiston aholisining ehtiyojlari, so‘zsiz birinchi navbatda hisobga olinadi. Gilos eksportining umumiy hajmi xorijiy riteylerlarning buyurtmasiga asosan shakllantiriladi». U O‘zbekiston bozorlarida albatta gilos bo‘lishiga ishonch bildirdi.