1 mart kuni O‘zbekiston hududida yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda kuchayishi va chaqmoq chaqishi kutilmoqda. Ayrim joylarda shamol tezligi 17−22 m/s dan 23−28 m/s gacha kuchaayishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zgidrometga tayanib xabar qildi.
1 mart kuni havo harorati kechasi +4…+9 daraja, kunduzi — +9…+14 daraja bo‘lishi, 2 mart kuni esa kechasi 0…+5, kunduzi — +7…+12 daraja atrofida bo‘lish kutilmoqda.

1−2 mart kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
FVV xavfsizlik choralariga rioya etish, favqulodda holatlar vujudga kelgan taqdirda (+99871)1471050 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishni so‘ramoqda.
1−2 mart uchun ob-havo bashorati.