O‘zbekiston ilk bor 2021−2023 yillarda BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylanishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda 26 fevral kuni Jenevada kengashing 37-sessiyasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov ma’lum qildi.

Adliya vazirligi axborot xizmatining «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, bunday qaror mamlakatda inson huquqlarini himoya qilish holatini sifat jihatdan yaxshilash, bu sohada O‘zbekistonning xalqaro hamkorligini sezilarli faollashtirish, shuningdek respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi xalqaro tashkilotlarning ijobiy bahosini olish bo‘yicha maqsadli ishlar doirasida qabul qilindi.

Inson huquqlari bo‘yicha kengash — BMT tizimidagi hukumatlararo organ bo‘lib, 2006 yilning 15 martida tashkil etilgan. Uning tarkibidan 47 davlat o‘rin olgan bo‘lib, BMT Bosh Assambleyasining ko‘pchilik a’zolari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashirin ovoz berish yo‘li bilan uch yil muddatga saylanadi. Bunda nomzod davlatlarning inson huquqlari himoyasiga qo‘shga ulushi, ko‘ngilli majburiyatlari va va’dalari hisobga olinadi.