26−27 fevral kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasining Energetika va suv resurslari vazirligi tashabbusiga ko‘ra Termiz shahrida O‘zbekiston va Afg‘onistonning suv masalalari bo‘yicha idoralari muttaxassislari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida Amudaryo bo‘yi sohilini mustahkamlashga qaratilgan choralar yuzasidan fikr almashildi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Muzakaralarda O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi va Afg‘oniston Energetika va suv resurslari vazirligi vakillari darajasida tajriba almashinuv va muntazam uchrashuvlar tashkillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Bahorgi mavsumda Sirdaryo va Amudaryo daryolari havzalarida suv toshqinlari xavfi ortadi. 2017 yilda suv toshqinlaridan himoyalanishga 62 mlrd so‘m ajratildi, aerovizual kuzatuvlar va yer usti tekshiruvlarini o‘tkazish yo‘li bilan xavfli geologik jarayonlar va gidrometeorologik hodisalar monitoringi kuchaytirildi.