Gazeta.uz pazandachilikka asoslangan Zira.uz sahifasi bilan hamkorlikda siz aziz o‘quvchilarga mazali va to‘yimli taomlar jamlanmasini tavsiya qiladi.

Qozon-kabob

Qozon kabob — o‘zbek milliy oshxonasining eng sevimli taomlaridan biridir. Qizarib pishgan go‘sht va kartoshka bo‘laklari har qanday dasturxonga ham ko‘rk bag‘ishlaydi. Bunday mazali taomni biz bilan birga albatta tayyorlab ko‘ring!

Pigodi

Pigodi — O‘rta Osiyoda sevib iste’mol qilinadigan koreyscha taomlardan biridir. Bug‘da pishiriladigan bu mazali taom uchun kerakli mahsulotlar har birimizning ro‘zg‘orimizdan topiladi.

«Toshkent» salati

Mavsumiy sabzavotlardan tayyorlaniladigan buенгил salat ajoyib ta’mi sabab ham ko‘pchilikning sevimli salatiga aylanib ulgurgan.

Vitaminli salat

Bahor mavsumi oldidan organizmizni vitaminli salatlar bilan to‘yintirishimiz kerak. 10 daqiqa ichida tayyor bo‘ladigan Vitaminli salatimiz har qanday taomingizni boyitishi aniq

Go‘sht va kartoshkali pirog

Mazali va to‘yimli go‘shtli pirog tayyorlash ham san’at b o‘lib, bunda u bizdan ko‘pgina mahoratni talab qiladi. Lekin qo‘lingizda to‘g‘ri retsept bo‘lsa, bu muammo juda tez yechiladi.

Qatlama somsa

Qatlamali somsalar — ko‘pchiligimizning sevimli milliy taomlarimizdan biridir. Bunday somsalarni har xil asoslardan pishirish mumkin. Masalan: go‘shtli, ko‘katli, qovoqli va kartoshkali. Pishirish usullari juda ham ko‘p bo‘lib, har biri o‘ziga yarasha mazalidir.

Paxlava

Sharqning sevimli shirinliklaridan biri bu — paxlava. Xamirning har bir qavati foydali bo‘lgan quruq mevalar bilan boyitilgan bo‘lib, barchangizga yoqishi aniq.

Facebook: fb.com/zirauz/

Instagram: instagram.com/zirauz/

Telegram: t.me/zirauzuz

Telegram guruhi: t.me/zirauz_chat

Elektron pochta: info@zira.uz