26 fevralga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Xromtau tumanida Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 810-kilometrida Mercedes markali yo‘lovchi avtobusi (davlat raqami 914 SMV 13) ag‘darilib ketdi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi va Xromtau shahrining Markaziy tuman kasalxonasiga yetkazildi, deya xabar qildi mamlakat TIV matbuot xizmati.

Jabrlanganlarning holati o‘rta darajada. O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi jabirlanganlarga zarur yordam ko‘rsatmoqda.