Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. Mahkama matbuot xizmatining xabar qilishicha, O‘zbekiston Prezidenti 21 fevral kuni shu haqdagi farmonni imzoladi.

Akmalxo‘ja Mavlonov 2017 yil oktyabridan Xorazm viloyati prokurori, ungacha esa Sirdaryo viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2016 yil dekabridan departamentga Zohid Dusanov rahbarlik qilib kelayotgan edi. U 2011−2016 yillarda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, 2008−2011 yillarda esa xuddi shu departament boshlig‘i bo‘lgan.