O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Markaziy Osiyo Futbol assotsiatsiyasining (CAFA) yangi prezidenti etib saylandi.

O‘FA matbuot xizmatining xabar qilishicha, qaror shanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan CAFA hisobot-saylov kongressida qabul qilindi. Tadbirda Afg‘oniston, Eron, Qatar, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Janubiy Koreyadan delegatlar ishtirok etdi.

CAFA 2015 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qarorgohi Toshkentda joylashgan. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va Futbol federatsiyasining sobiq rahbari Mirabror Usmonov uning birinchi prezidenti etib saylangan. U 2017 yilda lavozimidan ketganidan so‘ng CAFA prezidenti lavozimi vakant edi.