22 yevral kuni 15:40da Toshkentda noma’lum shaxs «1009» ma’lumot xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, metroni portlatishga tahdid qildi, deya xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

Abonent o‘zini Doniyor Xoliqov deb tanishtirib, agarda turmush o‘rtog‘i 20 daqiqa ichida farzandini olib kelmasa, metroda portlash sodir bo‘lishini ma’lum qiladi. Shundan so‘ng u go‘shakni qo‘yib qo‘yadi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida qo‘ng‘iroq qilgan shaxs Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Doniyor Xoliqov bo‘lib chiqdi.

Poytaxt IIBBdan «Gazeta.uz"ga ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv o‘tkazilmoqda.