«Hisor» davlat qo‘riqxonasi hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonlar tabiiy yashash muhitidagi yovvoyi yirtqich va qushlarni tasvirga oldi. Fotosuratlar O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Facebook-sahifasida e’lon qilindi.

Hisor qo‘riqxonasi Qashqadaryo viloyatida, Hisor tog‘ tizmasining g‘arbiy qiyaliklarida joylashgan. O‘zbekistondagi eng yirik qo‘riqxonalardan birining maydoni 80,9 ming gektarni tashkil etadi.

Qo‘riqxonada baliqlarning 2 turi, ham suvda, ham quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilarning 19 turi, qushlarning 214 turi va sut emizuvchilarning 32 turi yashaydi. Umurtqasizlarning olti turi, qushlarning yetti turi, baliqlarning bir turi va sut emizuvchilarning o‘n turi O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan. Qor qoploni, Turkiston silovsini, O‘rta Osiyo qunduzi, Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i, Amudaryo foreli shular jumlasidan.

Hisor qo‘riqxonasiga fotoqopqonlar 2013 yilda o‘rnatilgan, 2014 yilda ularga videokameralar ham qo‘shilgan. Bugungi kunda qo‘riqxonada 7 ta videokamera va 36 ta fotoqopqon mavjud.

Foto

Tyan-shan qo‘ng‘ir ayig‘i.


Sibir to echkisi.

Turkiston silovsini.

Oq boshli qumoy.