O‘zbekiston joriy yilda suveren kredit reytingini qo‘lga kiritgan sharoitda ilk bor yevroobligatsiyalarga 200 dan 300 mln dollargacha miqdorda mablag‘ kiritishni rejalashtirmoqda, deya xabar qildi Bloomberg agentligi bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga tayangan holda.

Citigroup (AQSH) reyting olish uchun «Yo‘l xaritasi"ni tayyorlash bo‘yicha tegishli memorandum imzolandi. Yevrobondlar bozoriga chiqish hamda obligatsiyalar hajmi to‘g‘risidagi yakuniy qaror Prezident tomonidan qabul qilinadi, deya qayd etdi bosh vazir o‘rinbosari.

Avvalroq Jamshid Qo‘chqorov suveren reyting O‘zbekistonga pul olish uchun emas, balki o‘ziga xos benchmarkini yaratish uchun zarurligini ta’kidlab o‘tgan edi. Reyting olinganidan so‘ng O‘zbekistonning yirik kompaniya va banklari xuddi shunday reyting olish av bozorga mablag‘larni jalb qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.