20 fevral kuni tongda Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumdi, deya xabar qildi O‘zbekiston IIV sayti.

Baxtsiz hodisa 7:10 da M41 «Bishkek-Dushanbe-Termiz» avtomobil yo‘lining 1553-kilometrida Jarqo‘rg‘on tumani hududida sodir bo‘ldi.

Lacetti haydovchisi T. Shamatov (1988 yilda tug‘ilgan, xuddi shu viloyatning Sho‘rchi tumanida istiqomat qiladi) boshqaruvni yo‘qotishi natijasida avtomobil yo‘l yaqinidagi ariqqa qulab tushgan.

Haydovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘lovchilar Z. Mardonova (1985 yilda tug‘ilgan), D. Jo‘rayev (1993), M. Abduxayirova (1997) va T. Eshmirzayeva (1995) olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida halok bo‘ldi.