«Navbahor» va «Bunyodkor» futbol klublarining har biri O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi ijro qo‘mitasi byurosi qarorini buzgani uchun 500 mln so‘mdan jarimaga tortildi.

O‘FA matbuot xizmatining xabar qilishicha, avvalroq o‘z yoshlarini kichraytirgani uchun futboldan chetlatilgan o‘yinchilar jamoalar tarkibida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan.

Jumladan, Namanganning «Navbahor» klubi o‘yinchisi Oybek Qilichev bir yil, «Bunyodkor» o‘yinchisi Dilshod Ahmadaliyev — bir umrga futboldan chetlatilgan edi.

Klublar qoidabuzarliklar takrorlangan taqdirda yanada qat’iyroq jazoga tortilishi bo‘yicha ogohlantirildi.