Vazirlik va mahkamalar saytlarida 25 fevraldan boshlab rahbarlarning virtual qabulxonalari yopiladi. Endilikda ularga ariza, shikoyat va takliflar bilan yagona sayt — O‘zbekiston Prezidenti Virtual qabulxonasi orqali murojaat qilish mumkin.

Avval xabar qilinganidek, 1 fevral kuni davlat rahbari Virtual qabulxonasining yangi talqini ishga tushirildi. Unda davlat organlari rahbarlariga murojaat yuborish moduli ham o‘rin olgan. Shuningdek bu yerda barcha davlat muassasalari rahbarlarining fuqarolarni qabul qilish jadvalini ham topish mumkin.

Davlat organlari onlayn qabulxonalari faoliyatining to‘xtatilishi vazifalarning takrorlanishidan qochish, murojaatlarni ko‘rib chiqish ustidan nazoratni yaxshilash hamda barcha jarayonlar samaradorligi va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.