2017 yil martidan Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini boshqarib kelayotgan Azim Ahmedxodjayev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi xabar qildi.Sherzod Shermatov.

2017 yil fevralidan AKT vazirligiga rahbarlik qilib kelayotgan Sherzod Shermatov esa innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Yangi vazirlik 29 noyabr kuni tashkil etildi.

Suhrob Xolmurodov.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga bosh vazir o‘rinbosari, Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi rahbari Suhrob Xolmurodov tayinlandi. U bosh vazir o‘rinbosari lavozimini saqlab qoldi.

Invessiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga avval iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sunnatulla Bekenov nomzodi tasdiqlandi. Tiklanish va taraqqiyot fondining sobiq rahbari Shuhart Vafoyev va Davlat investitsiyalar qo‘mitasi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Mirodil Sangilov axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlantirish vazirining «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosar lavozimidan ozod qilindi.

Azim Ahmedxodjayev (1979 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002 yil). 2016 yil mayidan 2017 yil martiga qadar «Asaka» banki boshqaruvi raisi bo‘lgan. Avvalroq — 2011 yil mayidan — O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ngra boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Sherzod Shermatov (1977 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat texnika universiteti (1998) va Yel universiteti, AQSH (2000) bitiruvchisi. 2016 yil noyabridan 2017 yil fevraliga qadar AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Avvalroq — 2014 yildan — Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lgan. 2012−2014 yillarda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi (sobiq — AKT vazirligi) raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.