«Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan xodimlarning huquqiy ongini, ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish va qayta tayyorlash maqsadida turli mavzularda o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi ana shunday tadbir noodatiy tarzda tashkil etilib, bankning bosh idorasi, Toshkent shahri va viloyat filiallarining yuzdan ortiq xodimlari hamisha navqiron Samarqand shahrida uchrashdilar.

Mazkur seminar turli sohalarning yetakchi mutaxassislari, shuningdek universitetlardan professorlar ishtirokida tijorat banklari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, bank operatsiyalarini tartibga solishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni qo‘llash hamda bank tizimida buxgalteriya hisobi va soliq qonunchiligiga oid yangiliklar muhokama etildi.

Tadbir davomida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, bank-moliya sohasini yanada isloh qilishga doir Prezidentimizning farmon va qarorlari hamda boshqa qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatiga e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda bank tizimi oldida turgan ustuvor vazifalarning бажарилиши yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.

Seminarning o‘quv qismi yakunlangandan so‘ng «Turonbank» ATB xodimlari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishish uchun bank tomonidan moliyalashtirilgan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan meva-sabzavotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan «SAMARKAND GARDEN PLAST» MCHJ va Samarqand shahrida joylashgan Koreya texnologiyalari asosida tashkil etilgan issiqxona «SAM CHEVAR ASADBEK» MCHJga tashrif buyurdilar. Ta’kidlanganidek, shu tariqa, bank yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish, mavjud korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, buning hisobiga esa yangi ish o‘rinlarini yaratishni ko‘zda tutmoqda.

«Turonbank» aksiyadorlik tijorat banki ichki turizmni rivojlantirish, xodimlarni turistik sayohatlarga jalb qilishga alohida e’tibor qaratib kelayotgan birinchi mahalliy bank hisoblanadi. Shunday qilib, seminarning ikkinchi kuni bank xodimlari Samarqand shahri va Samarqand viloyatida joylashgan tarixiy qadamjolarga ziyorat-turizmini amalga oshirdilar.

Avvaliga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning memorial majmuasi ziyorat qilinib, uning haqiga qur’on tilovat qilindi. Shundan so‘ng sayohat davomida «Shoxi Zinda» mavzoleyi, «Ulug‘bek rasadxonasi», «Xazrati Doniyor», «Imom al-Buxoriy» ziyoratgohlari, «Bibixonim madrasasi» va «Registon» maydoniga ziyoratlar uyushtirildi.

Shuningdek, bank xodimlari sayohat davomida Samarqand shahrining qadimiy obidalari, go‘zal arxitekturasi hamda ushbu zaminning o‘ziga xos milliy an’analari bilan yaqindan tanishib, bu yerda ham olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘quv seminari va turistik sayohatda ishtirok etgan xodimlar katta taassurotlar bilan o‘zlari faoliyat yuritayotgan hududlarga qaytdilar. Bank tomonidan bu kabi sayohatlarni muntazam ravishda mamlakatimizning boshqa tarixiy qadamjolari va so‘lim maskanlariga ham uyushtirish rejalashtirilgan.

Reklama huquqi asosida.