«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi havo kemalarida qo‘ng‘iroq qilish, SMS-xabarlar jo‘natish va internetga ulanish imkoniyatlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bu «O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Milliy tashuvchi havo kemalarida qo‘shimcha pulli xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 31 martga qadar tasdiqlanishi rejalashtirilgan.