2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-modda 3- qismi «a» bandi, 228-modda 3-qism «b» bandi va 228-modda 3-qismi bilan 12 yilu 6 oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan jurnalist Dilmurod Saidov (Dilmurod Said) muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Bu haqda jinoiy ishlar bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudidan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.

3 fevral kuni Dilmurod Saidov jazoni o‘tayotgan muassasada jinoiy ishlar bo‘yicha Mirishkor tuman sudining ochiq sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi.

Penitensiar muassasa ma’muriyati taqdim etgan jurnalistni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani sud qanoatlantirdi.

Dilmurod Saidovning ozod qilinishini AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi olqishladi.