“Gazeta.uz” taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurgan taniqli rossiyalik urbanist Arkadiy Gershman Toshkent haqidagi o‘z taassurotlarini so‘zlab berdi.

Mutaxassisni shaharni rejalashtirish bo‘yicha nimalar hayratga soldi va nimalar ajablantirdi? Qisqa videointervyuni tomosha qiling.

YouTube’da tomosha qilish

“„Piyoda azoblanishi kerak“ — Toshkent bo‘ylab piyoda sayr qilayotgan odamda tug‘iladigan asosiy fikr shu bo‘ladi nazarimda… Bunday bo‘lmasligi kerak”.
Arkadiy Gershman

Arkadiy Gershmandan Toshkent va Samarqand shaharlari muammolarining to‘liq tafsilotlari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni fevralda “Gazeta.uz"da o‘qishingiz mumkin.

Arkadiy Gershman — “Odamlar uchun shahar” va “Velomoskva” ommabop loyihalari muallifi.