Toshkentdagi beshta bolalar bog‘chasida ovqatlanish davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi. Bu Maktabgacha ta’lim vazirligi (MTV) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasi bo‘ldi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Sergeli tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi va Aziya best distribution korxonasi tayyor ovqatni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomani imzoladi. Tadqiqot tumandagi bolalar bog‘chalaridan birining oshxonasida o‘tkazildi. MTV, Toshkent Maktabgacha ta’lim boshqarmasi va O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi vakillari menyudan o‘rin olgan taomlarni tayyorlash texnologiyasi va sifatiga, tashqi ko‘rinishi va oshpazlar ozodaligiga baho berishdi.

Tadqiqot natijalari bo‘yicha korxona sanitar-gigiyenik normalar, mahsulotlar sifati va xavfsizligiga to‘liq rioya etishi qayd etildi. Shunday qilib, korxona beshta bolalar bog‘chasini tayyor taomlar bilan ta’minlash huquqini qo‘lga kiritdi.