O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi aeroportni xalqaro aeroportlarni boshqarish bo‘yicha maxsus kompaniya boshqaruviga berishni ko‘zda tutuvchi «Qarshi» xalqaro aeroportini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida so‘z boradi.

Aeroportni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tarkibidan chiqarish rejalashtirilgan. Uning hududida «Ochiq osmon» rejimini joriy etish, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilish belgilangan.

Konsepsiya xorij tajribasini o‘rganish asosida 1 iyulga qadar ishlab chiqilishi lozim.