Botirjon Asadov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati. 5 fevral kuni u mahkama jamoasiga tanishtirildi.

Botirjon Asadov 2017 yil bahorigacha O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Mayda Senat a’zosi, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi.

20 iyun kuni Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.