1 apreldan boshlab FHDYO organlari nikoh munosabatlariga oid aktlarni rasmiylashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy ajrashishlarning oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysundiriladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Farmonga muvofiq, FHDYO organi faoliyati, «Oila» markazining tuman (shahar) bo‘limi hamda xotin-qizlar va oila masalalari bo‘yicha boshqa tuzilmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tuman (shaxar) hokimi o‘rinbosari — xotin-qizlar qo‘mitasi raisi zimmasiga yuklatildi.