Eronning Tehron shahrida 1−3 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan yopiq binolarda yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida uchta medalni qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi Yengil atletika federatsiyasi «Gazeta.uz"ga.

Ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston yengil atletikachilari umumjamoa hisobida oltinchi o‘rinni egalladi. Birinchi uchlikdan Qozog‘iston (7−4−1), Eran (5−9−10) va Qatar (4−3−2) joy oldi.

Olimpiya o‘yinlarining uch karra ishtirokchisi Nadiya Dusanova 1,87 m natija bilan balandlikka sakrashda oltin medalni qo‘lga kiritib, uchinchi marta Osiyo chempioni bo‘ldi. Yelena Smolyanova 15,54 m natija bilan yadro uloqtirishda eng yaxshi bo‘ldi. Beshkurash bo‘yicha 3858 ball to‘plagan Aleksandra Yurkevskaya esa kumush medal bilan taqdirlandi.