Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 28 yanvardan 1 fevralgacha Nyu-Delida bo‘lib o‘tgan Indian Open xalqaro musobaqasida eng yaxshi natijani qayd etdi. Mamlakat bokschilari beshta oltin va ikkita kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Termaning Toshkent aeroportida kutib olinishi.

Final bahslarida Xudonazar Fayzov (52 kg gacha) hindistonlik Salmon Shayxni mag‘lubiyatga uchratdi (4:1, video). Abdulxay Shorahmatov (56 kg gacha) esa Mo‘g‘iliston vakili Enkx-Amar Kxarkxuni (5:0, video), Bobo-Usmon Boturov (69 kg gacha) hindistonlik Dineshni (5:0, video), Isroil Madrimov (75 kg gacha) kubalik Iglesias Estradani (3:2, video), Bahodir Jalolov (+91 kg) hindistonlik Satish Kumarni (4:1, video) mag‘lubiyatga uchratdi.

Sanjar Tursunov (91 kg gacha) Hindiston bokschisi Sanjet bilan jangda oltin medalni boy berdi. Iqboljon Xoldorov (64 kg gacha) kubalik sportchi Jordj Vinentdan (4:1) mag‘lubiyatga uchradi.

Terma jamoaning murabbiylik shtabiga Rahmatjon Ro‘zioxunov va Abduvohid Jalolov boshchilik qildi.