Toshkent viloyatining avtomobil yo‘llarida rejimi buzilishini foto va video qad etish vositalari ishga tushiriladi, deya xabar qildi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati poytaxt viloyati IIB YHXBga tayangan holda.

Tizim yuqori tezlikda harakatlanish sharoitlarida nazoratni yaxshilash va yo‘l-transport hodisalaridan himoyalanganlik darajasini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.

20 yanvardan M39 «Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining Toshkent viloyati hududidagi 806- va 871-kilometrlari orasida Sirdaryoga ketish tomonida oltita fotoradar test rejimida ish boshladi.

«Avtomobil va uning raqamini aniqlash onlayn rejimda kechadi. Ma’lumotlar IIV bazasiga yuklanib, bu yerda davlat raqami bo‘yicha qoidabuzar manzili aniqlanadi va jarima blankasi yuboriladi», — deya izoh berdi Toshkent viloyati YHXB vakili «Gazeta.uz"ga.

Kelgusida Toshkent viloyatining yirik chorrahalari: Bo‘stonliq, Olmaliq, Angren va Bekobodga ketish tomonlarga foto va video qayd etish uskunalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. «Ushbu barcha chorrahalar radarlar bilan qamrab olinadi», — deya aniqlik kiritdi poytaxt viloyati YHXB vakili.