1 fevraldan davlat boji va boshqa notarius xizmatlari uchun to‘lovlarni onlayn amalga oshirish mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Notarial idoralarga murojaat qilgan fuqarolar mobil telefonlaridagi to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Bu inson omilini istisno qilishga imkon yaratadi. Shuningdek to‘lov uchun QR-kodlardan foydalanish imkoniyati ham mavjud.

Hozir to‘lovlarni UPAY xizmati orqali amalga oshirish mumkin. Yaqin vaqtlarda PayME, Click va boshqa to‘lov tizimlarini ham qo‘shish rejalashtirilgan, deya «Gazeta.uz"ga izoh berdi Adliya vazirligi vakili.

Notarial xizmatlar uchun to‘lovlar hajmi kompyuterda avtomat ravishda hisob-kitob qilinadi. Aholi uchun qulay va tushunish oson bo‘lgan yagona kvitansiya formasi joriy etilmoqda.

To‘lov bank kassalari yoki mobil telefonlari orqali to‘lanishidan qat’i nazar to‘lov haqidagi axborot «Notarius» axborot tizimida onlayn aks ettiriladi.